Pragada gender tengligi va moliyaviy imkoniyatlarni kengaytirish bo‘yicha seminar-treningda ishtirok etish
10.06.2026
“TAIBA FINANCE” MChJ XK HR yo‘nalishi mutaxassisi Olga Dogonkina “Gender tengligini ta’minlash, ayollar tadbirkorligini rivojlantirish va moliyaviy imkoniyatlarni kengaytirishga Yevropa yondashuvi” mavzusidagi seminar-treningda ishtirok etdi.
Seminar 2026-yil 1–10-iyun kunlari Chexiya Respublikasining Praga shahrida bo‘lib o‘tdi. Tadbir European Institute of Applied Science & Management tomonidan amalga oshirilayotgan xalqaro kasbiy almashinuv loyihasi doirasida tashkil etildi.
Seminar-treningda O‘zbekistonning tijorat banklari, yetakchi lizing va konsalting kompaniyalari xodimalari, jumladan “Uzbek Leasing International A.O.” AJ, “Benefit Finance” MChJ va “Mikrokreditbank” ATB vakillari ishtirok etdilar.
Bugungi kunda “TAIBA FINANCE” MChJ XK xodimlarining 46 foizini ayollar tashkil etadi. Ayollar turli boshqaruv darajalarida ham faol ishtirok etmoqda: jami 3 nafar rahbar lavozimidagi xodim bo‘lib, ulardan 2 nafari yuqori lavozim darajasi rahbari, 1 nafari esa o‘rta lavozim darajasi rahbaridir. Bu kompaniyaning qaror qabul qilish jarayonlarida teng ishtirok tamoyiliga sodiqligini tasdiqlaydi.
2026-yilda “TAIBA FINANCE” MChJ XK ayol tadbirkorlar uchun biznesni rivojlantirish, yangi ish o‘rinlari yaratish va O‘zbekiston Respublikasida ayollarning iqtisodiy faolligini oshirishga qaratilgan islomiy moliya vositalaridan foydalanish imkoniyatlarini kengaytirishni rejalashtirmoqda.