Ijara eng yaxshi mahsulot nominatsiyasida g'alaba
06.05.2019
2-5 may 2019 yilda Toshkentda CIS — Islomiy Bankchilik va Moliyaviy Forum va Islomiy bankchilik, takoful va mikrofinanslash bo'yicha seminar o'tkazildi.
2-5 may 2019 yilda Toshkentda CIS — Islomiy Bankchilik va Moliyaviy Forum va Islomiy bankchilik, takoful va mikrofinanslash bo'yicha seminar o'tkazildi. U AlHuda Centre of Islamic Banking & Economics (BAA), «Sheikh Ahmed Bin Obeid Al Maktoum» (SABOAM) xalqaro investitsiya kompaniyasi va Islomiy Taraqqiyot Banki ICD bo'limi tomonidan tashkil etildi. Shuni ta'kidlash kerakki, MDH mamlakatlari uchun islomiy bankchilik va moliya an'anaviy bank va moliya tizimiga nisbatan barqaror moliyaviy yechim sifatida tan olingan. O'zbekiston bozorida «Eng yaxshi IJARA mahsuloti» nominatsiyasida TAIBA LEASING kompaniyasi g'olib bo'ldi.